Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Moskva Yevroittifoqning xatti-harakatlariga javoban, uning vakillaridan iborat qora ro‘yxatni kengaytirmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, Rossiya hududiga kirish taqiqlanganlarning ro‘yxati kengaytirilgan.
“Rossiya ro‘yxatidagi ishtirokchilar soni Yevroittifoq ro‘yxatidagilar bilan tenglashtirildi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Avvalroq Yevroittifoq Kerch bo‘g‘ozidagi voqea tufayli, sakkiz nafar rossiyalikka nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.
Izoh (0)