Germaniya kansleri Angela Merkelning Xristian-ijtimoiy ittifoqi hamda Demokrat-xristianlar ittifoqi Yevroparlament saylovlarida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Meduza.
Die Welt nashrining ma’lum qilishicha, alyans 28,6 foiz ovoz to‘plab 1979-yildan buyon Yevroparlamentda o‘tkazilib kelinayotgan saylovlardagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.
Ikkinchi o‘rinni 20,9 foiz ovoz bilan “Yashillar” egalladi. Uchinchi o‘rin esa Germaniya Sotsial-demokratik partiyasiga nasib etdi (15,3 foiz ovoz). “Germaniya uchun muqobil” o‘ta o‘ng partiyasi esa 10,8 foiz bilan to‘rtinchi o‘ringa chiqdi.
Izoh (0)