Germaniya hukumatining antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha vakili Feliks Klyayn yahudiylarga milliy bosh kiyimlari kipani jamoat joylarida kiyib yurishni cheklashni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Yahudiylarga kipani istalgan joy va istalgan vaqtda kiyib yurishlarini maslahat bermayman. Bu mamlakatda antisemit ko‘rinishga ega jinoyatlar soni ko‘paygani bilan bog‘liq”, — dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Germaniyada 2018-yili yahudiylarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq 62 ta holat qayd etilgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 37 tani tashkil etgandi.
Izoh (0)