Qozog‘iston hududining aksar qismi yog‘ingarchiliksiz kuchli bosim ostida bo‘lib, respublikaning g‘arbida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib qolmoqda, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Respublikaning ayrim hududlarida momaqaldiroq chaqishi, tuman, kuchli shamol va do‘l yog‘ishi kutilmoqda.
Sharqiy Qozog‘iston, Mang‘istov, Atirau viloyatlariga kuchli yog‘ingarchlik yog‘ishi, shamol tezligi 25 metr/soniyaga yetishi mumkin. G‘arbiy Qozog‘iston va Qizilo‘rda viloyatlariga qum bo‘roni yopirilishi kutilmoqda. Shimoliy Qozog‘iston, Kostanay viloyatlariga kechasi tuman tushadi, kunduzi 15—20 metr/soniya tezlikda shamol esadi.
Akmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qarag‘anda viloyatlarida havo harorati 3 darajagacha tushishi, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida esa 1—6 daraja atrofida bo‘ladi.
Qizilo‘rda va Qarag‘anda viloyatlarida favqulodda yong‘in xavfi kutilmoqda.
Izoh (0)