Bir necha kun ichida Avstraliya hududi osmonidan ikkita yirik meteorit uchib o‘tdi. Ikkala osmon jismi ham samoda yorqin chaqnashni hosil qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Birinchi meteorit qit’aning shimoliy qismidan 20-may kuni uchib o‘tdi. Uni bir-biridan 500 km uzoqlikda joylashgan ikkita turli shahar aholisi payqagan.
Ikkinchi yirik meteoritni esa 22-may kuni ko‘rishgan. Avstraliyalik astronom Devid Finlining so‘zlariga ko‘ra, ushbu obyektning diametri taxminan Toyota Land Cruiser Prado yo‘ltanlamasi hajmiga teng bo‘lib, og‘irligi esa 20—40 tonna atrofida bo‘lgan.
Xayriyat, ikkala osmon jismi ham havoda portlagan, ularning parchalari esa okean suvlariga qulagan.
Izoh (0)