Vashington shtati gubernatori Jey Insli imzolagan yangi qonunga muvofiq, marhumlarning jasadlari tuproq uchun o‘g‘itga aylantirilishi mumkin, deb yozadi BBC. Dafn qilishning bunday usuli an’anaviy ko‘mish va krematsiyaning o‘rnini bosuvchi ekologik yo‘l sifatida taklif qilinmoqda.
Qonunda ko‘zda tutilgan texnologiya bo‘yicha murda yo‘ng‘ichqa, yog‘och tarasha va poxol solingan po‘lat qutiga joylashtiriladi va u yerda 30 kun davomida tabiiy ravishda parchalanadi. Taxminan ikki arava hajmdagi o‘g‘it marhumning qarindoshlariga beriladi.
Ekologiya haqida qayg‘urishdan tashqari, dafn etishning yangi usuli yirik shaharlarda ko‘mish uchun joy yetishmasligi muammosini ham hal qilishi mumkin.
Izoh (0)