• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda bir oilaning besh a’zosini o‘ldirishda gumon qilinayotganlarning bari — o‘zaro qarindosh, oilalari namunali va o‘ziga to‘q

    Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarning bari o‘zaro qarindosh, ular bilan jabrlanuvchilar o‘rtasida avvaldan nizo bo‘lgan. Bu haqda Yoshlar press klubining 24-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qilindi.

    Foto: Yoshlar Ittifoqi

    Foto: Yoshlar Ittifoqi

    Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Samarqandning Qo‘shrabot tumanidagi «Boqichig‘atoy» mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligida qoldirib ketilgan Damas’ning ichidan Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan bir oilaning besh nafar a’zosi jasadlari topilgan edi. Uch kun tun-u kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillikni sodir etishda gumonlanib, to‘rt kishi — Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan T.G‘., 1995-yilda tug‘ilgan E.Sh., 1993-yilda tug‘ilgan U.J. va Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan N.X. ushlandi: ular 15-mayga o‘tar kechasi jabrlanuvchilarning xonadoniga yashirincha kirib, besh kishini qasddan o‘ldirgan, uydan 22 million so‘m pul va Samsung Galaxy S8 telefonini olgan.

    Gumonlanuvchilarning xonadoni ushbu hodisaga qadar “Yoshlar — kelajaggimiz” davlat dasturi asosida o‘rganilganida, ularning kredit olishga ehtiyoji yo‘qligi aniqlangan. Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning aytishicha, “ularning topish-tutishi budjetdan oylik oladiganlarnikidan bir necha marta katta, mazkur jinoyatning ildizi ishsizlikka emas, oiladagi nosog‘lom muhit, tarbiyadagi loqaydlik va befarqlikka borib taqaladi”. Qayd etishlaricha, gumonlanuvchilarning uch nafari uzumchilik bilan shug‘ullanib, yiliga o‘rtacha 50—55 million so‘m daromad topgan.

    “Bu yerda ikkita masala bor. Birinchidan, gumonlanuvchilar va jabrlanuvchilarning oilalari o‘rtasida avvaldan nizo bo‘lgan. Ikkinchidan, gumondagi amakivachcha va xolavachchalar tezda boyib ketish niyatida jabrlanuvchilarning xonadoniga o‘g‘irlikka tushgan. Ular o‘zicha katta mablag‘ni qo‘lga kiritishni o‘ylab, jinoyatga qo‘l urishgan”, — deydi Qobilov.

    Viloyat hokimi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, katta amakivachcha boshqalarning “qo‘lidan yetaklab”, jinoyatga jalb qilgan. Qobilovning fikricha, buning bari oiladagi tarbiyaning xatoliklari bilan bog‘liq. “Biz bundan xulosa chiqarib, reja qilib, kelgusida tizimli ishlaymiz. Bunda bizga, albatta, respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralari yordam beradi”, — dedi u.

    Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari Ahmatjon Hasanov “jazo tiriklarga berilgani”ni ta’kidlab o‘tdi. “Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yigitlarni onasining yuziga qarasangiz — dunyo qorung‘u. Birining otasi tik turib gapira olmadi. Yana birining xotini ikki oylik bolasi bilan qolib ketdi”, — dedi u.

    Hozirda joylarda jinoyatchilikka qarshi kurashda oilalarni notinch, hisobda turadigan va ichkilikka berilgan kabi yo‘nalishlarga bo‘lib harakat qilish amaliyoti joriy qilingan. Lekin Samarqanddagi voqea bo‘yicha gumonlanuvchilarning oilalari ushbu salbiy yo‘nalishlarning birortasiga to‘g‘ri kelmaydi.

    “Shunchalik ijobiy — har birining uyida mashinasi bor, uzumi-toki bor. Birortasining ko‘chada daydib yurishga vaqti yo‘q. Xatoimiz — jinoyatchilikka qarshi yo‘nalishlarga bo‘lib kurash olib borganimiz. Jinoyatni har qanday odamdan kutish mumkinligini unutib qo‘ygan ekanmiz”, — dedi Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari.
    Hasanovning qo‘shimcha qilishicha, o‘ldirilgan oilaning farzandlari mahalladoshlariga Captiva va uy olamiz, deb gapirib yurgan. “Haqiqatan ham pishgan g‘ishtdan ikki qavatli uy ko‘targan. Qishloqda shu gap tarqab ketgan. Bular (jinoyatchilar — tahr.) ‘uyda pul bor, shuni olamiz, birdan boyib ketamiz’, deb maqsad qilgan. Yoshlarning pul, mashina, o‘yin-kulgi qilib yurishga qiziqib qolganidan jinoyat kelib chiqdi”, — dedi u

    Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov to‘rt yigitning pul ilinjida besh kishining qotiligi aylanishini “barchamiz uchun sharmandali holat” deb baholagan edi. “Buning ildizi avvalo odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizligiga borib taqalmoqda. Sen menga tegma, menga senga tegmayman, degan qarash mana, nima oqibatga olib keldi”, — degan edi viloyat hokimi.

    Ta’kidlanishicha, Ishtixon tumanida 248 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 146 769 nafarini yoshlar tashkil etadi. Hozirda 284 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitilayotgan bo‘lsa, 49 nafari hunarmandchilikka jalb etilgan, 50 nafari esa kasanachilik bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.

    25.05.2019, 22:51   Izoh (0)   93306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand shahri prokurori shahar hokimi etib tayinlandi

    25.05.2019, 22:12

    Buxoroda tomorqasida nasha yetishtirgan “yoshi bir joyga borib qolgan” fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi

    25.05.2019, 21:11

    Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    25.05.2019, 20:10

    O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

    25.05.2019, 19:55

    Buxoroda o‘z uyini qimorxonaga aylantirganlar jarimaga tortildi

    25.05.2019, 19:13

    O‘zbekistonda 279 ming nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomladi

    25.05.2019, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.