Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Hujjat huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi, deb xabar beradi Meduza.
Mazkur qonun 2019-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi. Qonundan o‘rin olgan bir qator qoidalar, jumladan, milliy domen nomlari tizimiga oid tartiblar 2021-yildan amalga o‘tadi.
Rossiya Davlat dumasi ushbu qonunni 16-aprelda, Federatsiya kengashi esa 22-aprelda ma’qullagan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ovoz berish jarayonlari noxolis o‘tgan. Spiker Vyacheslav Volodin o‘sha kuni Moskvada bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning familiyasi ovoz berganlar ro‘yxatida bo‘lgan.
Izoh (0)