Venesuelada namoyishchilarga qarata kuch ishlatilsa, AQSh bundan foydalanib, mamlakatga harbiy tajovuzni boshlagan bo‘lardi. Bu haqda prezident Nikolas Maduro ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
1-may kuniga bag‘ishlangan mitingda so‘zga chiqqan Maduro davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan muxolifatning maqsadi venesuelaliklarning o‘zaro qirg‘inbarotini keltirib chiqarish ekanini bildirdi.
“Ular bizni fuqarolar urushiga olib kelmoqchi. Agar barcha tanklar, zirhli mashinalar va maxsus kuchlarni namoyishchilarga yo‘naltirsak nima bo‘lardi? Vashingtonda bu bayram qilinib, Venesuelani bosib olish uchun harbiy tajovuz boshlanardi”, — dedi Maduro.
Izoh (0)