Buyuk Britaniyaning yangi mudofaa vaziri etib xalqaro rivojlanish vaziri Penni Mordont tayinlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
1-may kuni Tereza Mey Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha xizmat ma’lumotlari tarqab ketganligi sabab mamlakatning amaldagi mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonga iste’fo bergan edi.
“Qirolicha Penni Mordont mudofaa vaziri etib tayinlanganidan mamnun. Shuningdek, u ayollar va tenglik ishlari bo‘yicha vazir lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)