Germaniyada kasalxonada 27 yil komada yotgan bemor o‘ziga keldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
BAA fuqarosi Munira Abdulla 1991-yil YTHda bosh miyasidan jarohat olgan. Avtomobilda undan tashqari o‘g‘li Umar Veber ham bo‘lgan. Ona o‘g‘lini qutqarish uchun egilgan. O‘g‘li yengil jarohat olgan.
Munira mahalliy kasalxonaga olib kelingan. Keyin esa tashxis qo‘yish uchun Londonga yuborilgan. Shifokorlar ayol komaga o‘xshash holatda ekanini, ammo og‘riqni his qilishini aytgan. Keyin uni BAAga qaytarishgan. U yerda Munira trubka bilan oziqlantirilgan va fizioterapiya qilingan.
2017-yil Abu-Dabining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Zayid Abdulla oilasidagi vaziyatdan xabar topgan va Muniraning Germaniyada davolanish xarajatlarini qoplagan. Oradan bir yil o‘tib, Munira bir qancha tovushlar chiqara boshlagan. Yana bir necha kun o‘tib, uyg‘ongan va o‘g‘lining ismini aytgan.
Ayol oilasi bilan Abu-Dabiga qaytdi va uning sog‘lig‘i tiklanishda davom etmoqda. Mushaklarini davolash uchun unga fizioterapiya kerak.
Izoh (0)