Shri-Lankada yuz bergan bir qator portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 310 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, yaralanganlar soni 480 kishini tashkil etmoqda, 40 dan ortiq kishining shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, portlashlar 21-aprel, yakshanba kuni Pasxa bayrami davomida sodir bo‘lgan. Teraktlar Kolombo shahri va uning atrofidagi qimmat mehmonxonalar, shuningdek, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi cherkovlarda yuz bergan edi. Politsiya hujumlarga aloqador 24 nafar gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Portlashlardan so‘ng 23-aprel yarim tundan e‘tiboran favqulodda holat tartibi joriy etilgan.
Izoh (0)