Nur Otan partiyasi navbatdan tashqari yig‘ilishida Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ko‘ziga yosh keldi, deb yozadi Sputnik.
Nursulton Nazarboyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Nur Otan partiyasidan Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi.
To‘qayev nomzodini 623 delegatlar qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televideniye orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.
Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jo‘mart To‘qayev bajarib turadi.
To‘qayev o‘z murojaatida Qozog‘istonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)