Qozog‘istonning Jambil viloyatida ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 20-aprel kuni Jambil viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari U.Abduxoliqov, A.Kalmurotov, D.Yermekboyeva jasadlari qarindoshlari tomonidan shaxsi aniqlashtirilib, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng qarindoshlari hamrohligida 2019-yil 22-aprel kuni “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga yetkazildi.
Izoh (0)