15—20-aprel kunlari Kuala Lumpurda dunyoning 71 mamlakatidan 107 nafar hofizlar ishtirok etgan 61-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston TIV bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Ubaydullo Isoqov Qur’onni yoddan o‘qish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mufazzala Sayidaliyeva esa Qur’on o‘qish bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallagan.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari Malayziya qiroli Abdulla Sulton Ahmad Shoh tomonidan topshirilgan.
Izoh (0)