Daryo

Olmaota—Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darildi. 11 kishi halok bo‘ldi

Avariya 20-aprel kuni tongda Jambul viloyatining Korday tumanida ro‘y berdi

1 daqiqa o‘qish89 832 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tengrinews

Qozog‘istondagi trassalardan birida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi yaralandi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Avariya 20-aprel kuni tongda Jambul viloyatining Korday tumanida ro‘y berdi. Olmaota—Toshkent trassasining 181-kilometrida Toyota Camry yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urildi.

Uning ortidan kelayotgan avtobus haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga urindi, biroq bu harakat avtobus ag‘darilishi bilan yakunlandi.

Hodisa joyida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi keyinchalik kasalxonada vafot etdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar