KXDR Oliy xalq kengashi deputatlari Shimoliy Koreyaning 2019-yilgi budjetini tasdiqladi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Qayd etilishicha, unda xarajatlarning deyarli yarmi (47,8 foizi) milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Davlatning ustuvor yo‘nalishlari qatorida yangi shaharlar va kurortlar, shuningdek, sayyohlik hududlari qurilishi aytib o‘tilgan.
Eng muhim sanoat obyektlari sifatida fosforli o‘g‘it zavodi, issiqxona xo‘jaligi va sug‘orish kanallari, elektrostansiyalar qayd etilgan.
Shuningdek, fan va texnika sohasini moliyalash ham sezilarli (8,7 foiz) oshirilgan.
Izoh (0)