Rossiyaning har ikkinchi subyektidagi jazoni ijro etish muassasalarida kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Yuriy Chayka ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Prokurorlik tekshiruvlari davomida Jazoni ijro etish federal xizmati xodimlari tomonidan ommaviy ravishda noqonuniy jismoniy kuch va maxsus vositalar ishlatish holatlari qayd etildi. Ularning 70 foizi jazo koloniyalariga to‘g‘ri kelgan.
Tekshiruvlar natijasi bo‘yicha mansab vakolatlarini suiste’mol qilish bo‘yicha 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)