To‘raqo‘rg‘on tumanida yaqin kunlarda qurilishi boshlanadigan tijorat avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Hyundai motor uz Namangan” O‘zbekiston—Koreya qo‘shma korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda mazkur qo‘shma korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen tomonidan Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keonga tantanali topshirildi.
Zavod 2019-yil sentabridan ilk mahsulotlarini chiqarishni boshlaydi. Dastlab yiliga 400 ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar hamda avtobuslar ishlab chiqariladi. Bosqichma-bosqich bu ko‘rsatkich 2500 taga yetkaziladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qismlarni shu yerning o‘zida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda 150, zavod to‘la ishga tushgach esa mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)