Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko bu safar Ixtiyoriy antidoping tashkiloti (VADA)ga qayta tahlil topshirdi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko prezidentlikka nomzodlar Poroshenko va Vladimir Zelenskiyni Olimpiya Milliy sport majmuasida VADA mutaxassislarining tahlillaridan o‘tishga chaqirgan.
Tashkilot vakili doktor Anjela Silva VADA mutaxassislari nomzodlardan tahlil o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan.
“Prezident tahlillarni topshirgan... Namuna natijalari AQShga yuboriladi... Natijalar kelgusi haftaning boshlarida bo‘ladi, sababi 48 dan 72 soatgacha vaqt zarur”, — deydi vakil.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot vakillari Zelenskiyni 18.00 gacha kutadi.
Ukraina prezidenti saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, nomzodlardan hech biri birinchi turda g‘alaba qozonish uchun kerakli ovozlarni to‘plamagan.
Ikkinchi bosqich 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Poroshenko va Zelenskiy ishtirok etadi.
Izoh (0)