12-apreldan boshlab Rossiyaga Belarusdan olma va noklar keltirilishi man etiladi. Bu haqda Rossiya veterinariya va fitosanitar nazorat xizmati rahbari Sergey Dankvert ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Belarus mevalari nomi ostida Rossiya sanksiyalar joriy etgan mamlakatlardan mahsulotlar keltirilayotgani aytilmoqda.
Sergey Dankvertga ko‘ra, kelgusida Belarusdan yuboriladigan boshqa mahsulotlar ham taqiq ostiga tushishi mumkin.
Izoh (0)