Rossiyada firibgarlikda ayblanayotgan “Ochiq hukumat” ishlari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizovning bank hisob raqamlari muzlatildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Muzlatilgan mablag‘larning aniq summasi oshkor qilinmadi.
Tergovchilarga ko‘ra, Abizov bunga qadar hisob raqamlarning biridan pul ko‘chirishga uringan, biroq tergov buni payqab qolgan.
Ma’lumot uchun, Forbes 2018-yilda Mixail Abizovning mol-mulkini 600 million dollar baholagandi.
Izoh (0)