Niqobli va qurollangan shaxslar Tirana shahri aeroportida Avstriya aviakompaniyasining samolyotiga hujum qilib, undan bir necha million yevro o‘g‘irlagan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayd etish joizki, voqea joyidan qochish chog‘ida jinoyatchilar mahalliy politsiya bilan otishma uyushtirgan. Bir nafar o‘g‘ri voqea joyida o‘ldirilgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari jabrlanmagan.
Albaniya poytaxti politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilar aeroportga favqulodda xizmatlar kirish yo‘li orqali kirib kelgan. Qaroqchilar uch kishi bo‘lgan, ular xizmatchilarga qurol bilan tahdid qilib, yuk bo‘limidan pulni o‘g‘irlagan.
O‘ldirilgan shaxs o‘q-dorilar va granatalar bilan qurollangan. Shaharda maxsus operatsiya vaqtida politsiya vertolyotlari ishtirok etgan.
Izoh (0)