Moskva shahar sudida davlat ayblovchisi josuslikda gumon qilinayotgan Norvegiya fuqarosi Frude Berg uchun 14 yil qamoq jazosi berilishini so‘radi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
O‘z aybini inkor etayotgan va provokatsiya qurboni bo‘lganini bildirayotgan Bergga nisbatan hukm 16-aprel kuni e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.
Frude Berg Moskvada 2017-yil dekabrida hibsga olingandi. Mazkur ish tafsilotlari maxfiylashtirilgan. 2-aprel kuni boshlangan sud ham yopiq tartibda o‘tmoqda.
Shunisi ma’lumki, Berg ishi bo‘yicha davlat ayblovchisi norvegiyalik Rossiya suv osti kemalari haqida ma’lumotlar to‘plaganini da’vo qilgan.
Izoh (0)