Pokiston Hindiston 16-dan 20-aprelgacha ushbu mamlakatga yangi hujumlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ishonchli razvedka ma’lumotlariga ega. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyning so‘zlariga asoslanib “Zakon.kz” xabar berdi.
“Hindistonning Pokistonga nisbatan yangi tajovuzkorlik harakati taxminan 16- va 20-aprel oralig‘ida bo‘ladi. Qo‘limizdagi ishonchli razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston Pokistonga diplomatik bosimni kuchaytirish va Pokistonga qarshi jangovar harakatlarini oqlash maqsadida Pulvam okrugida bo‘lganidek yangi voqeani rejalashtirishi mumkin”, - dedi vazir.
Xabar qilinishicha, Pokiston Hindistonning tinchlikni buzishga urinishi haqida BMT Xavfsizlik kengashining barcha doimiy a’zolarini xabardor qilgan.
Izoh (0)