Meksikaning markaziy qismidagi Guanaxuato shtatida 6-aprel, shanba kuni 12 soat ichida kamida 18 kishi o‘ldirildi, deb xabar berdi “TASS”.
Shtatda bir nechta qurolli hujumlar, shuningdek bir-biriga qarshi bo‘lgan jinoiy guruhlar tomonidan qurolli to‘qnashuvlar sodir etilgan.
Mana shunday holatlardan biri Apaseo-de-Alto munisipalitetida yuz berdi. Hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari bolalar edi.
Guanaxuato hozirgi paytda Meksikaning eng xavfli hududlaridan biriga aylandi. 2015-yildan 2018-yilga qadar shtatda qasddan odam o‘ldirish jinoyati rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 400 foizga oshgan.
Izoh (0)