Rossiya prezidenti Vladimir Putin jinoiy hamjamiyatni tashkil etganlik yoki unda ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qonunda jinoyat olami rahnamolari uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Rossiya Jinoyat kodeksiga yangi — “Jinoiy guruhlarda yetakchilik qilish” haqidagi modda kiritildi.
Ushbu moddaga muvofiq, “avtoritet”lar 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 5 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Izoh (0)