Jazoir rahbari Abdulaziz Buteflika prezidentlik muddati yakunlanadigan 28-aprelga qadar lavozimini tark etadi. Bu haqda uning ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakat qonunlariga binoan prezident iste’fosidan so‘ng davlat boshqaruvi parlament spikeriga o‘tadi. U 90 kun mobaynida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari sanasini belgilaydi.
Oldinroq 82 yashar Buteflika mamlakatdagi g‘alayonlar tufayli beshinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yishdan voz kechishga majbur bo‘lgandi. U mamlakatni 1999-yildan beri boshqarib keladi.
Izoh (0)