Takloban shahridan 123 kilometr janubi-sharqda Samar orolining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Filippin dengizida 5,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filialining operativ qayta ishlangan ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel kuni qayd etilgan zilzila 10,79 daraja shimoliy kenglik va 126,03 daraja sharqiy uzunlik koordinatalariga ega.
Zilzila epimarkazidagi zilzila intensivligidan kelib chiqib, u “juda kuchli” deb baholanmoqda.
Izoh (0)