Moskvada 5-aprel kuni MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, vazirlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzab masalalar bo‘yicha fikr almashadi, MDH doirasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi.
Yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirshga qaratilgan qator hujjatlar ma’qullanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)