26-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, endi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ham xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi huquqiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)