1-aprel — Butunjahon kulgi kunini nishonlash arafasida Buxoroning tarixiy yerlarida “Nasriddin Afandi” festivaliga start beriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xo‘ja Nasriddin bilan bog‘liq hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy tarzda kechadi.
Bundan tashqari, “Sharq taomlari” festivali ham tashkil etiladi hamda tashrif buyurganlar o‘zbek milliy taomlari va shirinliklaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbir ikki kun davom etadi.
Izoh (0)