Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqin orada Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Nashr ekspertlariga ko‘ra, Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanmagani Moskva bilan muloqot boshlashga turtki berishi mumkin.
KXDR yetakchisining Rossiyaga kelishi Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi siyosiy muloqotning mantiqiy davomi bo‘lishi kutilmoqda. Tashrifning ehtimoliy muddatlaridan biri sifatida joriy yil may oyi oxiri aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Moskvaga tashrif buyurish bo‘yicha rasmiy taklif Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘tgan yili Pxenyanga borganida Kim Chen Inga yetkazilgandi.
Izoh (0)