Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgrad NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Prezident bu haqda NATOning Yugoslaviyaga tajovuzi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy neytralitet Serbiyaning tabiiy tanlovi hisoblanadi.
Shuningdek, Serbiya xalqi alyansga a’zo bo‘lishni xohlamasligini ta’kidlagan.
Izoh (0)