AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida, Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olgani to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Bu voqea bir necha o‘n yillar oldin sodir bo‘lishi kerak edi”, — dedi Tramp.
Avvalroq, Tramp Isroilning Golan tepaliklaru ustidan suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)