Yaponiyadagi AQSh harbiy bazalaridan birida noma’lum shaxslar bir nechta gaz ballonlarini portlatdi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Voqea Yaponiya mudofaa vazirligi byurosi joylashgan AQShning Kemp Dzukeran harbiy bazasida sodir bo‘lgan.
Hodisa joyida bir nechta singan to‘siqlar topilgani uchun politsiya jinoyatni sodir etishda noma’lum shaxslar baza hududiga kirgan, deb taxmin qilmoqda.
Voqea natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)