25-mart, dushanba kuni futbol bo‘yicha “China Cup—2019” musobaqasining 3-o‘rni uchun kechgan bahsida O‘zbekiston terma jamoasi mezbon Xitoyni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur o‘yinda himoyachi Anzur Ismoilov milliy terma jamoa safida o‘zining 100-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston terma jamoasida 100 ta va undan ortiq o‘yin o‘tkazgan futbolchilar soni to‘rt nafarga yetdi. Bular — Temur Kapadze, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov hamda Anzur Ismoilov.
Anzur 2007-yil 2-iyul kuni terma jamoadagi debyut uchrashuvini Iroq terma jamoasiga qarshi o‘tkazgandi. O‘shanda O‘zbekiston 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Ma’lumot uchun, Anzur 2007-yil 3 ta, 2008-yil 9 ta, 2009-yil 8 ta, 2010-yil 7 ta, 2011-yil 8 ta, 2012-yil 8 ta, 2013-yil 12 ta, 2014-yil 7 ta, 2015-yil 13 ta, 2016-yil 8 ta, 2017-yil 5 ta, 2018-yil 7 ta va bu yil hisobidan hozircha 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bunda rasmiy o‘yinlar bilan birgalikda FIFA kunlarida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham hisobga olingan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)