Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.

Bu kun biz tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayanchi, kuch-qudratimiz manbayidir.
Tarix saboqlari tinchlikning naqadar bebaho neʼmat ekanini doim yodimizga solib tursin. Barchamizga ezgulik, birdamlik, ertangi kunga ishonch yor bo‘lsin!, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)