Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti, o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov o‘z vakolatlaridan voz kechishini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Hafta oxirida AIBA Ijroqo‘mining telekonferensiya orqali navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi va majlisda tashkilotga vaqtinchalik prezidentni tasdiqlash jarayoni bo‘lib o‘tadi.
“25 yildan ortiq umrimni buyuk sport — boksga va olimpiya harakatiga bag‘ishladim. Bu vaqtda sportimizni shon-shuhratini va sportchilarimiz manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ydim. Sportimiz qora kunlarini ortda qoldirib, sog‘lom va yanada kuchli bo‘lishi uchun kun-u tun chin yurakdan mehnat qildim. Buning natijasi o‘tgan yili o‘z so‘zini aytgani ham ayni haqiqat. Men amalga oshirilgan ishlar va bu borada erishilgan ulkan yutuqlar bilan faxrlanaman”,—deydi Rahimov bayonotida.Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining o‘z nomzodini qo‘ymaslik borasidagi so‘rovlariga qaramasdan, 2018-yil noyabrida AIBA prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan va natijada tashkilotning to‘laqonli rahbariga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)