11—16-mart kunlari O‘zbekistonda “Xotin-qizlar sport haftaligi” o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sport haftaligi davomida badantarbiya mashg‘ulotlari, sportning badminton, volleybol, stol tennisi, estafeta bahslari, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi.
Haftalik doirasida 4 412 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 3 milliondan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar mazkur haftalikda faol ishtirok etib, unda 2 246 nafar xizmatchi ayollar qamrab olindi.
Haftalik davomida respublika bo‘ylab “Sport salomatlik garovi” shiori ostida yurish bo‘yicha ommaviy marafonlar o‘tkazildi. Mazkur marafonda jami 100 552 nafar faol bo‘lmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi xotin-qizlar ishtirok etdi.
Izoh (0)