• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Braziliyalik “yangi Ramos”. “Real” 50 mln yevroga sotib olgan Eder Militao aslida kim o‘zi?

    O‘tgan yil avgust oyida “Portu” o‘z safini Eder Militao ismli yosh futbolchi bilan to‘ldirishga erishdi. Bir yil o‘tar-o‘tmas Eder ismli o‘sha yigit kimsan Madridning “Real”iga kuzatib qo‘yilmoqda. Arzonga emas, albatta. Uning transferi Zidan jamoasiga oz emas, ko‘p emas naq 50 million yevroga tushgani aytilmoqda.

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    “Qirollik klubi” rahbariyati ayni damda nafaqat klubni kuchaytirish, balki jamoa faxriylariga o‘rinbosar izlab, ularni klubga jalb qilish uchun harakat qilayotganiga yaqqol misollardan biri Eder hisoblanadi. Qachondir o‘zining “Galaktikos”i bilan muxlislarni hayratda qoldirgan “Real” endilikda yosh iqtidorlar bilan bu ishni qilishga urinayotgani ham quvonarli hol. Jamoa asosiy tarkibidagi 18 yoshli Vinisius Juniorning harakatlari-yu, 22 yashar Serxio Regilonning tezkorligi muxlislar uchun kutilmagan, ammo xursand qila oladigan tuhfalardan biri bo‘lgani ham haqiqat.

    Ammo mavsum tugamasdan turib, Zidanning qaytishi bilan katta transferga aylangan Eder Militao, shubhasiz Madrid muxlislarini yana bir karra o‘ziga qaratdi.

    Eder atigi 21 yoshda. U “Portu”da 2018-yil avgust oyida paydo bo‘lgandi. Janubiy amerikalik futbolchi uchun Yevropa futboliga ko‘nikishga ma’lum vaqt talab etilishi bor gap. Biroq Eder “Portu”da avvaldan to‘p surgandek, nafaqat jamoa o‘yinlariga qo‘shilib ketdi, balki himoya qo‘rg‘oniga aylana oldi. “Portu” bosh murabbiyi Serjiu Konseysauning bu transferdan xursand bo‘lmasligining aslo ilojisi yo‘q edi: braziliyalik himoyaning istalgan o‘rni — o‘ng, chap, markazda ham qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatishi natijasida “Portu” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finaliga yetib keldi. Militao musobaqa davomida atigi bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi. U Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichida jamoadoshi Felipe bilan himoyaning markazida ajoyib tandem hosil qila oldi. Va hattoki “Shalke-04”ga qarshi bahsda hal qiluvchi golni urishga erishdi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    “Roma” bilan bahsda esa u o‘zining universalligini namoyish etib, o‘ng qanotda ajoyib “tomosha”lar ko‘rsatdi. Natija o‘zingizga ma’lum: o‘tgan yili “Barselona”ni musobaqadan chiqarib, shov-shuv ko‘targan “Roma” Militao yetakchiligidagi “Portu” to‘sig‘idan o‘ta olmay, Yevrokuboklardagi ishtirokini erta yakunladi. Militao asosan himoya markazida o‘ynasa ham uning qanotlar orqali hujumga qo‘shilishi muxlislarni xursand qilmoqda. Uning himoyada ishonchli harakatlari esa “pentakampeonlar”da kelajakka katta umid bilan qarashlariga sabab bo‘layotir. Uning hatto o‘z jarima maydoniga yaqin hududlarda dribling namoyish etishi esa tort ustiga olcha misoli bezakni taqdim qilmoqda.

    Ammo uning tez o‘sayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Futbolchi 2018-yilgi o‘yinlarda to‘p uchun kurashda ko‘proq tavakkalga qo‘l urgandi. Natijada 13 ta o‘yinda 6 ta sariq kartochka olgandi. Ne ajabki, u “Portu”da shu vaqtga qadar birorta sariq kartochka olgani yo‘q. Bu esa 21 yoshli yigitning sovuqqonlik bilan xatosiz o‘ynashga intilayotganidan dalolat bermoqda. Mana shularning o‘ziyoq “Real” nima uchun bu yigit uchun kattagina mablag‘ni to‘lashga rozi bo‘lganligi sababini ko‘rsatadi. “Portu”ning “Nasional” (ha, o‘sha siz bilgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov to‘p suradigan klub, u bu o‘yinda ishtirok etmagan. Hali jamoaga kelib qo‘shilmagandi) ustidan qozongan (3:1) g‘alabasi vaqtida stadionda “Manchester Yunayted” skautlari bo‘lgani xabar qilindi. Shu vaqtda Ederga Virjil van Deykka ishonchli sherik axtarayotgan “Liverpul”ning ham qiziqayotganligi haqida bonglar urildi. Ammo “Real” ulardan olg‘ir va epchilroq chiqdi. Eder 2019-yil yozida “Real” safiga qo‘shiladigan bo‘ldi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    Ayni chog‘da Madrid klubi himoyada ko‘plab muammolarga uchramoqda. Serxio Ramos allaqachon 32 yoshni urib qo‘ydi, Nacho esa hamon yuqori darajadagi o‘yinlarga tayyor emasligi ko‘rinib qolmoqda. Bu ayniqsa, “Bernabeu”da “Ayaks”ga qarshi (1:4) o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi.

    Xo‘sh, Eder darhol “Qirollik klubi” asosiy tarkibiga kira oladimi. Buni hozircha hech kim bilmaydi. Ammo uning “ajdarholar” safidagi o‘yini, unda buning uchun barcha imkoniyatlar borligini ko‘rsatmoqda.

    Goal’dan Asror Abdunazarov tarjimasi.  

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    21.03.2019, 22:16   Izoh (0)   35676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi xotin-qizlar sport haftaligida 3 milliondan ortiq ayol ishtirok etdi (foto)

    19.03.2019, 11:30

    O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov “Yulduzlar: Besh savdoyi” filmida suratga tushdi (foto va video)

    17.03.2019, 16:00

    Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

    17.03.2019, 10:41

    YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

    15.03.2019, 18:22

    O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi

    15.03.2019, 18:16

    Yevropa Ligasi. 1/4 finalga qur’a tashlandi

    15.03.2019, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.