Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov “Yulduzlar: Besh savdoyi” deb nomlangan filmda ilk bora rol ijro etdi.
Bu haqda film rejissori Qutlimurod Yoqubov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ignatiy Nesterov filmda ilk marotaba rol ijro etayotganini avvaldan aytgan edi. U juda ham tartibli inson ekan. Men uning tartibli ekanligiga qoyil qoldim. Suratga olish vaqtidan kamida yarim soat oldin aytilgan joyga kelib turdi. Ayniqsa uning suratga tushish jarayoni juda ham ish qizg‘in vaqtga to‘g‘ri kelgan edi. Shunga qaramasdan “Yulduzlar: Besh savdoyi” filmida suratga tushishga rozilik bildirgani uchun Ignatiy Nesterov hamda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.Qutlimurod Yoqbov, “Yulduzlar: Besh savdoyi” filmining rejissori
Izoh (0)