2019-yil 22-mart kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi D.T. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinacini “Yangibozor—Istiqlol” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi zovurga ag‘darilib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa oqibatida mashina yo‘lovchisi S.A. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi va yana 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)