• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tarbiyalanuvchilarning homiladorligi haqida tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar qizlarni tahqirlayapti”. Xalq ta’limi vazirligi Sarvar Otamurodovga javob qaytardi

    Xalq ta’limi vazirligi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodovning Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridagi tarbiyasi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan 4 ta maxsus maktabdagi vaziyat yuzasidan bildirgan tanqidiy fikrlariga raddiya bildirdi.

    Mavzuga doir: Sarvar Otamurodov: “Xulqi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan maktablarda homilador qizlar bor”

    Vazirlikning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan to‘rtta ta’lim muassasasi mavjud. Bular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus kolleji va Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatidir.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mazkur maktab-internatlariga ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining mohiyatini to‘liq anglab yetishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan 11—14 yoshli voyaga yetmaganlar ma’lum bir muddatga (6 oydan 3 yilgacha, to axloqan tuzalgunlariga qadar) joylashtiriladi. Tarbiyalanuvchilar axloqan tuzalganlaridan so‘ng, umumta’lim maktablarida ta’lim olishni davom ettiradi.

    Xalq ta’limi tizimiga qarashli Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jami 113 nafar tarbiyalanuvchiga 43 nafar, Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jami 40 nafar voyaga yetmagan bolalarga 20 nafar pedagog ta’lim-tarbiya beradi.

    “Ma’lumotlarda keltirilgan jumlalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, avvalo ‘… homilador yosh qizlar bor, u sharoitlarda odam yashay olmaydi’ qabilidagi gaplar keltirib o‘tilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vazirlik tasarrufidagi yuqorida keltirib o‘tilgan ta’lim muassasasida 11—14 yosh qizlar tarbiyalanadi. Tarbiyalanuvchi qizlar orasida esa bu kabi holatlar qayd etilmagan”, — deyiladi bayonotda.

    Vazirlikning e’tiroziga ko‘ra, xalq ta’limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o‘quvchilar sud ajrimi va xalq ta’limi vazirligining yo‘llanmasiga asosan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan holda qabul qilinadi. Tarbiyalanuvchilarning homiladorligi haqida tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar esa 11—14 yoshli qizlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tahqirlashga sabab bo‘lmoqda.

    Sarvar Otamurodov maxsus maktablardagi ahvolni “kriminal bo‘lib yotibdi, davlat byudjetidan ajratilgan pullar talon-taroj. O‘zi shundoq ham xulqi yomon bolalar orasida muhit juda achinarli” degandi.

    Vazirlikning qayd etishicha, mazkur ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 2018 va 2019-yillar davomida bir necha bor Bosh prokuratura, turli tashkilot va idoralar hamda BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICЕF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish davomida ta’lim muassasasi faoliyati va tarbiyalanuvchilar tomonidan aytib o‘tilgan salbiy holatlar aniqlanmagan.

    “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Sarvar Otamurodov o‘z chiqishida nafaqat Xalq ta’limi vazirligini, balki Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqini ham tanqid qilgandi. Otamurodovning so‘zlariga javoban, Madaniyat vazirligi vakillari “tosh otishning turli yo‘llari borligini biz ham bilamiz” qabilida javob qaytargan edi.

    23.03.2019, 23:55   Izoh (0)   43409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonlik bloger O‘zbekiston militsiyasi haqida maqtovli post yozdi

    23.03.2019, 23:34

    24-mart kuni Toshkentning 10 dan ortiq ko‘chasi yopiladi

    23.03.2019, 22:12

    Toshkent viloyatida uch oylik chaqalog‘ini 8000 dollarga pullayotgan fuqaro ushlandi

    23.03.2019, 20:10

    Qo‘qondagi xonadonlarning biridan 705 ming dollar o‘g‘irlangan. Ish bo‘yicha bosh gumonlanuvchi — sudyaning o‘g‘li

    23.03.2019, 19:13

    Chimyon tog‘ida harbiy xizmatchilar o‘rtasida marafon o‘tkazildi (foto)

    23.03.2019, 16:31

    Chinozdagi Tursunoy Oxunova xotira maydoni yangi qiyofaga kirdi (foto)

    23.03.2019, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.