Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etgan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari kutib olindi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur olimpiada joriy yilning 19—22-mart kunlari Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar oliy ta’limgacha muassasalari o‘rtasida matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Musobaqada o‘zbekistonliklarga Sankt-Peterburg va Qozon Suvorov harbiy bilim yurtlari hamda Doir Asanov nomidagi Qirg‘iz milliy harbiy litseyi o‘quvchilari raqib bo‘ldi.
Ilk bor o‘tkazilgan ushbu olimpiadada “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)