Milan yaqinida maktab avtobusi haydovchisi yo‘nalishni o‘zgartirdi, politsiyachilar ta’qib eta boshlaganidan keyin esa unga benzin quyib, yoqib yubordi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Guvohlarga ko‘ra, kelib chiqishi Senegaldan bo‘lgan 47 yashar haydovchi O‘rta yer dengizida migrantlar halok bo‘lishini to‘xtatmoqchi ekanligi va avtobusda hech kim omon qolmasligini aytib baqirgan.
Politsiyachilar yonayotgan avtobus oynasini sindirdi va uning ichidagi 51 nafar bola hamda ularga hamrohlik qilayotgan kattalarni qutqardi. 14 kishi tutundan zaharlandi, hech kim jiddiy jarohat olmadi.
Izoh (0)