Qozog‘iston parlamenti palatalarning qo‘shma majlisida mamlakat poytaxti Ostonani Nursulton deb qayta nomlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi hamda bir ovozdan ma’qulladi.
Endi qonun prezident Qosim-Jomart Tokayev tomonidan imzolanishi lozim.
Izoh (0)