Xalqaro jinoyat ishlari bo‘yicha tribunalining Apellyatsiya palatasi Serb Bosniyasi va Gersegovina Respublikasi sobiq prezidenti Radovan Karadjichni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shu bilan birga, 2016-yilda BMT tribunali Karadjichga 1992—1995-yillardagi urush jinoyatlari, xususan, Sarayevoning qamal qilinishi va Srebrenitsada sodir etilgan genotsid uchun 40 yil jazo muddati tayinlagan edi. Biroq, jazo juda yumshoq deb topilib, uni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi talab qilindi.
“Apellyatsiya palatasi Radovan Karadjichni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi”, — deydi raislik qiluvchi sudya Van Prusse Yonsen.
2016-yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tribunal qarorini sobiq Yugoslaviya uchun “hisob-kitoblar maskani” deb atadi va Karadjichning so‘nggi hukmini “juda qattiq” deb ta’riflagan edi.
1992—1996-yillarda Serbiya Respublikasi Prezidenti bo‘lgan Radovan Karadjich 2009-yil yozida hibsga olinib, Bosniya urushidagi harbiy jinoyatlari uchun Gaaga tribunali oldida javob bergan edi.
Izoh (0)