Norvegiya poytaxti Oslo sharqida joylashgan Brynseng yangi boshlang‘ich maktabi o‘quvchisi to‘rt nafar o‘qituvchini pichoq bilan jarohatladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi maktab oshxonasida non kesish uchun mo‘ljallangan pichoq bilan o‘qituvchilarga hujum qilgan.
“To‘rt nafar maktab xodimlariga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi, ta’lim muassasasi hududida politsiya guvohlar bilan surishtiruv ishlarini olib bormoqda”, — deya qayd etdi politsiya xodimi.
Ko‘p o‘tmay, politsiya vakili Arve Retterud o‘qituvchilarning yengil jarohat olganligini xabar qildi.
Ommaviy axborot vositalari bu hodisaning aybdorini “allaqachon hibsga olingan yosh bolakay” deya ta’rifladi.
Izoh (0)