Niderlandiya prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Utrextda otishma uyushtirgan erkakning mashinasidan u haqiqatan ham terrorchi bo‘lishi mumkinligi haqidagi dalillar topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Prokuratura ma’umotlariga ko‘ra, tergovchilar o‘qotarning avtomobilidan xat topgan, uning mazmunidan kelib chiqib, hujumning terroristik harakat ekanligi taxmin qilinmoqda.
Biroq, prokuratura bayonotida aytilishicha, politsiya sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Bundan tashqari, ushbu ishda asosiy gumondor hisoblangan Gyokmen Tanish qurbonlar orasidan kimnidir bilgan-bilmaganligi aniq emas.
Avvalroq, 18-mart, dushanba kuni Utrextdagi tramvay bekatida kimdir o‘q uzganligi haqida xabar berilgan edi. Otishma natijasida uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan. Tanishdan tashqari yana ikki kishi hibsga olingan.
Izoh (0)